Jahon | 09:32 / 18.11.2017
11719
1 daqiqa o‘qiladi

Mugabening rafiqasiga chaqiriq bilan chiqishdi

Foto: AP

Zimbabveda hukmron bo‘lgan Afrika milliy ittifoqi prezident Robert Mugabening rafiqasi va ehtimoliy vorisi Greys Mugabeni partiyadagi o‘z lavozimini tark etishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Herald gazetasi.

Avvalroq, juma kuni partiya viloyat muvofiqlashtiruv qo‘mitalarining o‘ntasidan sakkiztasi Mugabeni mamlakat prezidenti va partiya birinchi kotibi lavozimini tark etishga chaqirgandi.

Nashrning xabar berishicha, Mugabega bunday chaqiriq bilan o‘nta viloyat muvofiqlashtiruv partiya qo‘mitasi uchrashuvida chiqishgan. Shuningdek, uchrashuv qatnashchilari ishdan bo‘shatilgan bosh vazir o‘rinbosari Emmerson Mnangagvaning huquqlari tiklanishini talab qilishdi. Ularning ta'kidlashicha, uning iste'fosi bo‘yicha qaror markaziy qo‘mita tasdiqlovisiz qabul qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mugabe omma oldida ko‘rinish bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid