Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy Majlis deputatlarining joylarda o‘z vakillari paydo bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputatlarining joylarda jamoatchilik asosida tayinlangan vakillari bo‘ladi. Bu haqda deputat Rasul Qusherboyev Kun.uz muxbiriga xabar qilgan.
«Va nihoyat parlamentda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining o‘zi saylangan okrugdagi tuman va shaharlardagi vakili faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Mazkur masalaga doir qonun loyihasi kuni kecha Qonunchilik palatasining yalpi majlisida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi», deydi O‘zLiDep fraksiyasi a'zosi.
Qonun loyihasiga ko‘ra, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga tegishli qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Bunda alohida «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vakili» degan modda kiritilib, unda siyosiy partiya tomonidan Qonunchilik palatasi deputati bilan kelishilgan holda partiya hududiy bo‘limining tegishli saylov okrugidagi xodimlari orasidan jamoatchilik asosida ishlovchi vakil ajratib berilishi mumkinligi belgilangan.
Ushbu vakil deputatning saylovchilar bilan doimiy aloqasini ta'minlash, deputat nomiga kelib tushgan murojaatlarni qayd etish va bu haqda deputatga axborot berish, deputatning fuqarolarni qabul qilish va uchrashuvlar tashkil etish kabi vazifalarni amalga oshiradi. Shuningdek, vakil saylov okrugida deputat vakolatini amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa ishlarni ham tashkil etadi.
Mavzuga oid
17:55 / 09.06.2026
«Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron» - deputatlar yangi qonunni ma’qulladi
10:11 / 08.04.2026
“Mening bog‘im” loyihalariga deputatlar aralashuvi kuchaytiriladi
18:21 / 18.02.2026
Deputat so‘roviga vaqtida javob bermagan amaldorlar bilan prokuratura shug‘ullanadi
18:26 / 25.12.2025