Jahon | 21:30 / 18.11.2017
7414
1 daqiqa o‘qiladi

Parijda Makron islohotlariga qarshi namoyish o‘tmoqda

Foto: RIA «Novosti»

18 noyabrda bir necha yuz kishi Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va u boshchiligidagi hukumatning ijtimoiy-mehnat sohasidagi islohotlariga qarshi namoyishda ishtirok etmoqdalar. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

“Yelisey saroyiga yurish” deb nom olgan namoyishni o‘tkazish tashabbusini so‘l partiya “Jamoat fronti” va kasaba uyushmalari vakillari bildirishgan. Namoyish Parijning 17-okrugidagi marshal Juen maydonidan boshlanib, Makron qarorgohidan bir necha yuz metr naridagi Peru maydonida yakunlangan. 

Namoyishchilarni Yelisey maydoniga politsiyaning ko‘p sonli naryadlari qo‘ymayapti. Ayni vaqtda hech qanday jiddiy holatlar yuz bermagan, biroq aksiya ishtirokchilari tajovuzkorlik namoyish qilmoqdalar: politsiya nomiga haqoratli so‘zlar aytilgan, namoyishchilardan biri esa politsiyachilar tomon fayyer uloqtirgan.  

 

Mavzuga oid