Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘g‘rilik qilmoqchi bo‘lgan ayol xonadon egasi tomonidan ushlandi
2017 yil 13 noyabr kuni soat taxminan 12:00larda 1985 yilda tug‘ilgan Sh.A. o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Shayxontohur tumani hududida fuqaro D.M.ning xonadoni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. Biroq, o‘zining jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmasdan, xonadon egasi tomonidan ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan, Shayxontohur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026