Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almazbek Atamboyev o‘zining tilla soatini jurnalistga hadya qildi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev o‘zining qo‘l soatini «De-Fakto» gazetasi muharriri Omontur Musogulovga hadya qildi. Jurnalist bu haqda bugungi yakuniy matbuot anjumanida iltimos bilan chiqqan.
Omontur Musogulov o‘z so‘zida tushida Almazbek Atamboyevning soatini taqib yurganini ko‘rgani haqida aytdi.
«Men tushimda sizning soatingizni taqib yurganimdan faxrlangandim», - deya aytgan prezidentga «De-Fakto» muharriri. Davlat rahbari esa o‘zining tilla soatini shu zahotiyoq yechgan va jurnalistga bergan.
Shuningdek, Atamboyev matbuot anjumanida biometrik ma'lumotlarni bermayotgan jurnalistlarga boshqa davlatlarda yashashni maslahat berdi.
«Akchabar» nashri vakili Mariya Zozulya shunday savol bergan: «Men sizni ham, Jeenbekovni ham tanlamaganman, sababi o‘z davlatim meni bunday konstitutsiyaviy huquqdan mahrum qildi. Juda ko‘plab qirg‘izistonliklar buni xohlashganidan emas, balki aholini ro‘yxatdan o‘tkazish departamenti bizning ma'lumotlarimizni himoya qila olmasligi tufayli biometrik ma'lumotlarni taqdim etmadi. Mening konstitutsiyaviy huquqim qachon tiklanadi? Umuman, bu yuz beradimi?»
«Siz Yevropaga parvoz qilib turasizmi?» - deya so‘ragan prezident. Ijobiy javobdan so‘ng esa shunday javob qaytargan: «Biroq siz u yerda ham biometrik ma'lumotlarni berasiz-ku». «Chunki ishonaman», - deya aytib o‘tgan Mariya Zozulya.
«Unda siz o‘zingiz ishonadigan davlatda yashaganingiz ma'quldir? Agarda, sizni qabul qilishsa, o‘sha yerda yashayvering, - deya javob bergan unga Atamboyev. – Men saylovlarni biometrik ma'lumotlar bo‘yicha tashkil qilib to‘g‘ri qildim, aks holda bizda yana ikkita inqilob bo‘lardi. Buni kutmasangiz ham bo‘ladi! Har doim biometriya asosida saylovlar bo‘ladi. Siz Yevropada ma'lumotlaringizdan foydalanishmaydi, deb o‘ylaysizmi? Snoudenni, boshqalarni eshitib ko‘ring. O‘z mamlakatini oz bo‘lsa ham hurmat qilish va yaxshi ko‘rish kerak».
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026