Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Eng buyuk omadsiz inson» - Tramp yana Klintonga «tashlandi»
AQSh prezidenti Donald Tramp 2016 yilgi prezidentlik saylovlaridagi raqibasi, Davlat departamenti sobiq rahbari Hillari Klintonni «barcha davrlarning eng buyuk omadsizi» deb atadi. Bu haqda davlat rahbari Twitter’dagi o‘z sahifasida yozgan.
Tramp Klintonga to‘xtash va «uch yildan so‘ng yana prezidentlik saylovlarida ishtirok etishga urinib ko‘rish»ni maslahat berdi. Uning ta'kidlashicha, bu «Respublikachilar partiyasi uchun yaxshi bo‘lardi». Tramp Klintonga keyingi urinishga qadar «tinchgina yashash»ni tavsiya qilgan. «Firibgarga o‘xshash Hillari Klinton – barcha davrlardagi eng yomon va eng buyuk omadsizdir», - deya ta'kidlab o‘tgan AQSh prezidenti.
Hillari Klinton o‘zining yaqinda e'lon qilingan xotira kitobida 2016 yilgi saylovlarda mag‘lub bo‘lishiga nimalar sabab bo‘lganini ham keltirdi. Unga ko‘ra, bunday sabablar orasida «rus hakerlari»ning aralashuvi va FQBning o‘ziga tegishli elektron yozishmalarga nisbatan tekshiruvi bor. Sobiq davlat kotibi shaxsiy pochtasi orqali xizmatga aloqador yozishmalarni amalga oshirgan. Maxsus xizmatlar fikriga ko‘ra, bu ma'lumotlarning sizib chiqishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Klintonning so‘zlariga ko‘ra, u FQB sobiq rahbari Jyeyms Komining 28 oktabrdagi xati va Rossiya WikiLeaks’ining xatti-harakati bo‘lmaganida g‘alaba qozongan bo‘lardi».