Jahon | 11:36 / 20.11.2017
20717
2 daqiqa o‘qiladi

«Seriyali» qotil Charlz Menson vafot etdi

Foto: AP

Umrbod ozodlikdan mahrum etilgan amerikalik «seriyali» qotil Charlz Menson AQShdagi qamoqxonalardan birida 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda TMZ portali Menson qurbonlaridan birining singlisiga tayangan holda xabar bermoqda. 

Qizning ma'lum qilishicha, qotil jazoni o‘tayotgan qamoqxona uning qurbonlarining barcha qarindoshlari bilan aloqaga chiqqan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 19 noyabr kuni soat 8:13da qo‘ng‘iroqqa javob bergan va unga Menson vafot etganini xabar qilishgan.

ABC News telekanali ham qamoqxona vakiliga tayangan holda Mensonning o‘limini tasdiqladi.

Charlz Menson, «Oila» deb nomlangan jinoiy guruh rahbari, o‘zining do‘sti Geri Hinmenni 1969 yilda o‘ldirgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilingan. Mensonning guruhi a'zolari o‘sha yilning avgustida rejissyor Roman Polanskining rafiqasi, homiladorlikning sakkizinchi oyida bo‘lgan Sheron Teytni ham o‘ldirishgan. 2027 yilda Mensonga muddatdan avval ozod etish to‘g‘risida murojaat yuborish imkoniyati taqdim etilishi kerak bo‘lgan.

Mavzuga oid