Jamiyat | 12:55 / 21.11.2017
6768
1 daqiqa o‘qiladi

Avtoulov salonidan uch million so‘m pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi

Zangiota tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan Musabek Alimbekov (keltirilgan ism-familiyalar o‘zgartirilgan) tuman hududida joylashgan temir bozoridagi avtoturargohda qorovul bo‘lib ishlab yurgan vaqtida shu avtoturargohda bo‘lgan Toshkent shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan Moxirbek To‘rabekovga tegishli «NeKSIYa» rusumli avtoulovini oynasini temir six bilan ochib, salonda bo‘lgan uch million so‘m pulini o‘g‘irlaganligi aniqlanib ushlandi. 

Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovni IIB olib bormoqda.

Mavzuga oid