Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda er xotinini pichoqladi, so‘ng benzin sepib yoqib yubordi
Xorazm viloyatining Urganch tumani Bekobod qishlog‘ida mudhish qotillik yuz berdi. Qishloq chekkasidagi uydan chiqayotgan shovqinga hech kim e'tibor bermas, er-xotinning har kungi o‘zaro janjallashishiga hamma ko‘nikib qolgandi. Lekin bir kun kelib bu xonadonda shovqin tinib, kimdir yo‘qlik sari yuz tutishini hech kim xayoliga ham keltirmagandi, deb yozmoqda O‘zA.
Qayd etilishicha, mast holda uyga kelgan er qo‘liga pichoq olib, ayolining duch kelgan joyiga uravergan. O‘ziga kelgach, qilmishining oqibatidan qo‘rqib, murdaga benzin sepib yoqib yuborgan.
“Aslida shunday bo‘lmasligi mumkin edi, degan o‘y odamga tinchlik bermaydi. Qo‘ni-qo‘shni, mahalla-ko‘y er-xotinning o‘zaro nizosiga befarq qaramaganida, ularning muammosiga yechim topishga ko‘maklashganda bu mudhish voqea sodir bo‘lmasdi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 oyida sodir etilgan qotillik jinoyatlarining 165 tasi er-xotin va qaynona-kelinlar o‘rtasida, 66 tasi qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida oddiygina maishiy kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqan.
Mavzuga oid
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026