Jamiyat | 09:30 / 21.11.2017
15751
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaga qizlarni fohisha sifatida ishlatish maqsadida yubormoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Chilonzor tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan, odam savdosi jinoyati bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Jumladan, 2017 yilning 27 sentabr kuni, muqaddam sudlangan M.B. fuqarolar N.O., N.B. va M.N.larni Rossiya Federatsiyasida fohishalik bilan shug‘ullanib, katta miqdordagi daromad olish bilan qiziqtirib, ularni O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda Rossiya Federatsiyasiga fohisha sifatida ishlatish maqsadida yubormoqchi bo‘lgan vaqtida, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasi 2-qismi “b” bandi (odam savdosi, ya'ni ikki yoki undan ortiq shaxslarni ulardan foydalanish maqsadida yollash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

O‘tkazilgan dastlabki tergov davomida M.B. ko‘rsatib o‘tilgan ayollardan tashqari fuqarolar M.Yu., Sh.M., G.M., D.M. va I.R.larni ham fohisha sifatida ishlatishlik uchun Rossiya Federatsiyasiga yuborganligi aniqlangan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, M.B.ning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid