O‘zbekistondagi qishloq joylarga sayyohlarni jalb etish harakatlari boshlandi
O‘zbekistondagi uzoq viloyat va qishloq aholi vakillari sayyohlarga xizmat ko‘rsatishni o‘rganmoqda. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar bergan.
17 noyabr kuni O‘zbekiston xususiy sayyohlik tashkilotlari assotsiatsiyasi hamda Yevropa eko va agroturizm markazi tomonidan «Murabbiylarga trening» va «Mintaqaviy vakillar uchun trening» o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Unda Markaziy Osiyoda iqtisodiy rivojlanishni yanada oshirish maqsadida qishloq sayyohlik sohasiga e'tibor qaratilgan. Dasturdan maqsad O‘zbekistondagi madaniy rivojlangan, tarixiy obidalarga boy hududlardan tashqari, qishloq joylardagi tabiat va so‘lim go‘shalarga, etno-madaniy turmush tarzini talqin etish uchun sayyohlarni jalb etishdan iborat.
Joriy yilning avgust oyida qo‘mita Toshkent viloyati atrofida uy-mehmonxona tizimini rivojlantirish, shuning bilan mahalliy sayyohlik tarmoqlarining iqtisodiyotdagi rolini oshirishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
20:50 / 17.09.2024
Rossiyalik bloger O‘zbekiston poyezdidagi sayohatni «haqiqiy sinov» deb ta’rifladi
17:32 / 30.08.2024
Taniqli aktyor O‘zbekistonning Yaponiyadagi turizm elchisi etib tayinlandi
19:57 / 28.08.2024
Toshkent dunyoda taksi narxi arzon bo‘lgan shaharlar qatoriga kiritildi
17:50 / 15.08.2024