Jahon | 12:41 / 22.11.2017
16873
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada qotillikning eng yuqori darajasi qayd etildi

Foto: AP

2017 yilning oktabr oyi Meksikada so‘nggi 20 yilning eng serqatl oyi bo‘ldi. O‘tgan oyda mamlakatda qariyb 2,4 ming kishi o‘ldirildi, deb xabar qilmoqda jamoat xavfsizligi milliy tizimi ijrochi kotibiyati. 

Meksikada qotilliklar bo‘yicha avvalgi "rekord" may oyida qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 2,2 ming odam boshqa kishilar tomonidan o‘ldirilgandi.
 
Kotibiyat ma'lumotlariga ko‘ra, umuman yil boshidan beri mamlakatda 20,9 mingga yaqin qotillik sodir etilgan. 2016 yilning shu davri mobaynida bu raqam 20,5 mingni tashkil etgan. Shu bilan 2017 yil Enrike Peni Netoning prezident lavozimini egallaganidan buyon eng ko‘p qotilliklar sodir etilgan yilga aylanishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid