Jamiyat | 16:29 / 23.11.2017
16212
2 daqiqa o‘qiladi

Qidiruvda bo‘lgan buxorolik 2 shaxs Moskvada ushlandi

Foto: Fotolia

Buxoro viloyati hududida turli jinoyatlar sodir etib tergov organlaridan yashirinib yurgan, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ushlash, ularga nisbatan qonunlarda belgilangan jazoning muqarrarligini ta'minlash maqsadida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bir necha nafar qidiruvda yurgan shaxslarning qo‘lga olinishiga erishildi. 

Jumladan, o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilib yashiringanligi uchun Buxoro shahar IIB TB tomonidan qidiruv e'lon qilingan, Buxoro shahar Mustaqillik ko‘chasi 1-uy, 15-xonada yashovchi,   1989 yilda tug‘ilgan Dilshod Tursunov Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida qo‘lga olingan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun tergov organlaridan yashirinib yurgan, 2014 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, G‘ijduvon tumani, Sarmazor ko‘chasi 73-uyda yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan Olim Sharipov ushlanib qamoqqa olindi.

Shuningdek, o‘tkazilgan “Qidiruv” tadbiri davomida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 166-moddasi 2-qismi va 277-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun 2016 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan, Olot tumani, Mayin qishlog‘ida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan Qilichbek Mamatqulov Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrida qo‘lga olinib, O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilingan va viloyat IIB 3-THga joylashtirildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid