Jahon | 14:20 / 23.11.2017
34705
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada Tojikiston fuqarosi FXX xodimiga hujum qildi 

Tojikistonning 26 yoshli fuqarosi Murtazo Mahmudzoda Sankt-Peterburgda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimiga hujum qilishda gumonlanmoqda, deb xabar berdi Rossiya OAV.

22 noyabr kuni erkak FXXning Sankt-Peterburgdagi boshqarmasi binosiga kirib, birinchi duch kelgan xodimga hujum qilgan.

Erkaklar mushtlashib ketishgan, so‘ng boshqa bir xodim chopib kelgan, keyinchalik esa yana bir necha kishi yugurib kelib, hujum qilgan shaxsni ushlashgan.

«Fontanka»ning yozishicha, FXX xodimi bilan mushtlashuv uyushtirgan erkakning shaxsi tuman politsiyachilari tomonidan aniqlandi.

Qo‘lga olingan shaxs – Tojikistonning 26 yoshli fuqarosi Murtazo Mahmudzoda. U 2014 yilda migratsiya qonunchiligining barcha normalariga rioya etgan holda, Kaliningrad viloyatiga ko‘chib kelgan hamda daktiloskopiyadan o‘tgan. Uning barmoq izlari federal bazada saqlangan.

Ayni damda Murtazo Mahmudzodaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Murtazo shahardagi 6-son ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid