Jahon | 09:10 / 24.11.2017
7237
1 daqiqa o‘qiladi

Eron harbiy kemalari Meksika ko‘rfaziga yo‘l oladi

Foto: Reuters

Eron harbiy-dengiz floti yaqin orada o‘z jangovar kemalarini Lotin Amerikasi va Meksika ko‘rfaziga safarbarlikka yuboradi. Bu haqda HDKning yangi tayinlangan qo‘mondoni ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha mamlakatning o‘z sohillaridan uzoq mintaqalarda ham amaliyotlarni o‘tkaza olishini namoyish etadi. 

Eron HDKning qo‘mondoni, kontradmiral Husayn Xonzodiyning aytishicha, Eron harbiy-dengiz kemalari Atlantika okeanini kesib o‘tib, Janubiy Amerikaning do‘stona mamlakatlarida to‘xtaydi, shundan so‘ng Meksika ko‘rfaziga yo‘l oladi. 

“Bizning harbiy kemalarimiz yaqin orada Atlantika okeaniga safarga chiqadi. Ular Janubiy Amerikadagi do‘stona mamlakatlar va Meksika ko‘rfaziga boradi”, deya qo‘mondon so‘zlaridan iqtibos keltiradi Fors yangiliklar agentligi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid