Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Zimbabvening yangi prezidenti oq tanli fermerlarga va'da berdi
Zimbabvening yangi prezidenti Emmerson Mnangagva lavozimga kirishganidan keyingi ilk murojaatida mamlakatda nolinchi yillar boshida avvalgi prezident Robert Mugabe tomonidan o‘tkazilgan yer islohoti tufayli mulklarini yo‘qotgan oq tanli fermerlarning zararlarini qoplab berishga va'da berdi.
«Mening hukumatim o‘sha vaqtda o‘z yerlari tortib olingan fermerlarning yo‘qotishlarini qoplashga mas'uldir», — degan Mnangagva.
Mr Mnangagwa pledges to compensate farmers whose land was confiscated under Mugabe's controversial land redistribution programme pic.twitter.com/MGoOwnZwaA
— Sky News (@SkyNews) November 24, 2017
2000 yilda Zimbabve hukumati «tezkor agrar islohot» boshlagan, keyingi 3 yil ichida 4300ta ferma 127 mingdan ziyod qora tanli dehqonlar qo‘liga o‘tgandi. Oq tanlilar mamlakatdan ommaviy ravishda qochishni boshlaydi, yerlarning yangi xo‘jayinlarida — sobiq partizanlarda esa fermerlik qilish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikma yo‘qligi tufayli, agrar soha inqirozga uchraydi.
Mnangagva bugundan Zimbabve prezidentiga aylandi.
Mavzuga oid
22:26 / 02.01.2025
Zimbabveda 8 yoshli bola sherlar yashaydigan qo‘riqxonada besh kun qolib ketdi
21:09 / 01.01.2025
Zimbabveda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi
00:19 / 06.11.2024
Zimbabve politsiyasiga xizmat vaqtida mobil telefondan foydalanish taqiqlandi
20:55 / 14.09.2024