Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zimbabveda yangi prezident o‘z lavozimini bajarishga kirishadi
24 noyabrda Emmerson Mnangagva Zimbabve poytaxti Xarareda qasamyod keltirib, mamlakat prezidenti lavozimini bajarishga kirishadi. U mamlakatni 2018 yil avgustida saylovlar o‘tkazilgungacha boshqaradi.
Mnangagva bu lavozimni mamlakatni 37 yil davomida boshqarib kelgan Robert Mugabening iste'fosidan keyin egallamoqda.
75 yoshli Mnangagva noyabr boshida Mugabe tomondan vitse-prezident lavozimidan chetlatilgandi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Mugabe bu qarorga undan keyin prezident lavozimini egallamoqchi bo‘lgan rafiqasi Greys Mugabe ta'siri ostida borgan. Greys Mugabe harbiylar va aholi orasida katta obro‘ga ega bo‘lgan Mnangagvani bu borada o‘ziga raqib deb bilgan.
Shuningdek, Mnangagva harbiy to‘ntaruv amalga oshirishni rejalashtirayotganlikda gumon qilingan.
Mnangagva o‘z lavozimidan chetlatilgandan keyin oilasi va o‘z xavfsizligidan xavotirlanib, mamlakatni tark etgandi.
Mavzuga oid
22:26 / 02.01.2025
Zimbabveda 8 yoshli bola sherlar yashaydigan qo‘riqxonada besh kun qolib ketdi
21:09 / 01.01.2025
Zimbabveda o‘lim jazosi rasman bekor qilindi
00:19 / 06.11.2024
Zimbabve politsiyasiga xizmat vaqtida mobil telefondan foydalanish taqiqlandi
20:55 / 14.09.2024