Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kerak emas». Tramp «Yil odami» bo‘lishdan bosh tortdi
Jim Bourg/Reuters
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Time jurnali talqini bo‘yicha yana «Yil odami» bo‘lishdan bosh tortgan. Bu haqda u tvitterdagi sahifasida yozdi.
«Time jurnalidan qo‘ng‘iroq qilishib, meni, aftidan, xuddi o‘tgan yildagi kabi yana «Yil odami» deb e'lon qilishlari mumkinligini aytishdi. Biroq bunday holatda men intervyu berishim va katta fotos'yomkaga rozi bo‘lishim kerak bo‘lardi. Men bunga rozi emasligimni aytdim va rad javobini berdim. Nima bo‘lgan taqdirda ham rahmat», - deya yozdi Tramp.
Avvalroq Time jurnali AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp va uning eri Jared Kushnerni 2017 yilda jahonning eng nufuzli shaxslari ro‘yxatiga kiritgandi. Ro‘yxatga Hollivud yulduzlari Emma Stoun va Rayan Reynolds ham kirdi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
20:44 / 11.12.2025
Time jurnali sun’iy intellekt me’morlarini «yil odami» deb e’lon qildi
19:36 / 14.10.2025