Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik 4 bokschi bugun xalqaro musobaqa yarim finalida qatnashadi
Rossiyaning Beloyarskiy shahrida boks bo‘yicha “Neft mamlakatlari kubogi” bahslari davom etmoqda.
Bugun, 25 noyabr kuni yarim final janglari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston vakillari Hasanboy Do‘smatov (52 kg), Iqboljon Holdorov (64 kg), Isroil Madrimov (75 kg) va Sanjar Tursunov (91 kg) ham final jangi uchun kurashga kirishadi.
52 kg.da ishtirok etayotgan Hasanboy Do‘smatov ozarbayjonlik Goshkar Safarlidan ustun kelgan bo‘lsa, Iqboljon Xoldorov (64 kg) avtomatik tarzda yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Isroil Madrimov esa rossiyalik Vladimir Mirochnikovni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Sanjar Tursunov (91 kg) latviyalik Vladislav Levsha ustidan zafar quchdi.
Eslatib o‘tamiz, “Neft mamlakatlari kubogi” bahslarida final janglari ertaga, 26 noyabr kuni o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026