Sport | 09:58 / 26.11.2017
31716
2 daqiqa o‘qiladi

Fotofakt: Angliyada noyob holat kuzatildi

Angliyaning ikkinchi divizioni sanalgan Chempionshipning 19-turi doirasidagi «Norvich» – «Preston» (1:1) uchrashuvi tugatilmay qolishi mumkin edi. Sababi o‘yin laynsmenlaridan biri Mark Jons uchrashuv vaqtida jarohat olib bahsni davom ettira olmaydigan bo‘ldi.

Natijada zaxira hakami Endi Devis uning o‘rnini egallashiga to‘g‘ri keldi. O‘z navbati uning o‘rniga «kanareykalar»ning oddiy muxlisi Devid Tornhill taklif etildi.

Tornhill havaskorlar o‘rtasidagi turli uchrashuvlarni boshqarish tajribasiga ega bo‘lgan. Unga o‘sha vaqtning o‘zidayoq tablodan qanday foydalanishni o‘rgatishgan, shundan so‘ng uning birinchi ishi o‘yinning asosiy vaqtiga 10 daqiqa qo‘shib berish bo‘lgan.

Tornhill «Norvich»ning ko‘p yillik fanati sanaladi. U jamoaga 1982 yildan buyon ishqibozlik qilib keladi. Qiziq tomoni u o‘sha uchrashuv uchun chiqarilgan o‘yin dasturnomasi qahramoni bo‘lgandi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid