Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimov xalqaro turnirning kumush medali bilan kifoyalanadi
Bugun, 26 noyabr kuni Rossiyaning Beloyarskiy shahrida boks bo‘yicha «Neft mamlakatlari kubogi» final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 4 bokschisi ringga ko‘tarilishi haqida avvalgi xabarlarimizda ma'lum qilgan edik.
Unda 75 kg vazn toifasidagi iqtidorli o‘zbek bokschisi Isroil Madrimov rossiyalik sportchi Andrey Kovalchukka qarshi ringga ko‘tarildi.
Uch raund yakuniga ko‘ra, hakamlarning yakdil qarori bilan Madrimov raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha yangi vaznda ishtirok etgan Hasanboy Do‘smatov ushbu xalqaro turnirning -52 kg vaznida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Endi o‘zbekistonlik yana bir bokschi Sanjar Tursunov (-91 kg) mezbon sportchilardan biri Vasiliy Zveryanga qarshi ringga ko‘tariladi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026