Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada havo-gaz aralashmasi chaqnashi oqibatida maktab o‘quvchilari jarohatlandi
27 noyabr kuni ertalab soat 08:40da Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi «Rishton bosmaxonasi» korxonasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Viloyat FVB ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu hodisaga gaz vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan.
Natijada 1 kishi o‘rta darajadagi (15 foiz) kuyish bilan jarohatlangan. Shuningdek, chaqnash to‘lqini zarbasi natijasida «Rishton bosmaxonasi» MChJ binosining yaqinida joylashgan 1-sonli umumta'lim maktabining 3 nafar o‘quvchisi yengil tan jarohati olishgan.
Jabrlanganlarning biri tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan. Birinchi yordam ko‘rsatilgandan so‘ng, maktab o‘quvchilari uyiga jo‘natilgan.
Sodir bo‘lgan voqea yuzasidan Rishton tumani prokuraturasi, ichki ishlar va yong‘in xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
FVV fuqarolarni gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026