Jahon | 07:35 / 27.11.2017
4788
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada Misrdagi terakt qurbonlari xotirasiga motam e'lon qilindi

Foto: AFP

Turkiya hukumati 27 noyabrni Misrdagi masjidda sodir etilgan terakt qurbonlari xotirasiga milliy motam kuni deb e'lon qildi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar bermoqda.

24 noyabr, juma kuni bir guruh terrorchilar Misrning Sinay yarimorolidagi Ar-Raud masjidiga misli ko‘rilmagan vahshiy hujumni amalga oshirishdi. Terrorchilar o‘z qabih ishlarini juma namozi vaqtida sodir etishdi. Ular avval masjid ichida bomba portlatib, so‘ngra u yerdan sarosimada yugurib chiqayotgan odamlarni o‘qqa tutishgan.   

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 305, jumladan 27 nafar bola va 100 dan ko‘proq yoshi katta odam halok bo‘lgan. 130 kishi jarohatlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid