Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antarktidada 30 darajali sovuqda marafon o‘tkazildi
Antarktidada dunyoning eng ayozli va ekstremal marafonlaridan biri bo‘lib o‘tdi. «Rossiya 24» telekanali shu haqida xabar berdi.
Marafon janubiy qutbdan atigi bir necha ming kilometr masofada o‘tdi. Ikki aylana Antarktida tadqiqot stansiyalaridan biri atrofida, 42 kilometr esa 30 darajali sovuqda o‘tkazildi.
Bunday shart-sharoitlarda termolibosni to‘g‘ri tanlash va yuzni to‘sish muhim. Butun masofa davomida tashkilotchilar ekstremallarni maxsus yegulik va suv bilan ta'minlab turishdi.
Marafon g‘olibi daniyalik sportchi bo‘ldi. Frank Yoxansen 42 kilometr masofani 3 soatu 37 daqiqa va 46 soniyada bosib o‘tdi. Bu Nyu-York, Berlin yoki Bostonda o‘tadigan klassik marafonlar g‘oliblari natijalaridan bir yarim soatga ko‘p demakdir.
Mavzuga oid
17:00 / 05.05.2026
Toshkentda ommaviy yugurish tadbiri: New Uzbekistan Annual Run–2026 marafoni bo‘lib o‘tdi
07:31 / 14.03.2026
Antarktidadagi sirli ko‘lni sun’iy yo‘ldoshlar tasvirga oldi
21:32 / 06.01.2026
«Qiyomat kuni» muzligining harakati tezlashgani qayd etildi
07:51 / 25.09.2025