O‘zbekiston | 19:35 / 28.11.2017
10349
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bosh prokurori Sankt-Peterburgga boradi

2017 yilning 29-30 noyabr kunlari O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan ShHTga a'zo davlatlar bosh prokurorlarining 15-majlisida va MDHga a'zo davlatlar bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 27-majlisida ishtirok etadi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabar bergan.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida Xalqaro prokurorlar assotsiatsiyasi Mintaqaviy vakolatxonasining ochilish marosimida ishtirok etishi kutilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid