O‘zbekiston | 14:30 / 28.11.2017
166341
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ikki vazir o‘zgardi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri o‘zgardi. Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, bu lavozimda 2011 yildan buyon ishlab kelgan  Galina Karimovna Saidova o‘rnini Moliya vaziri Botir Xo‘jayev egalladi.

Foto: Galina Saidova

1956 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan Galina Saidova 2002 yildan buyon Iqtisodiyot vazirligida turli lavozimlarda ishlab kelgan. U 2010-2011 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bo‘lgan, 2011 yil avgustidan buyon Iqtisodiyot vazirligini boshqarib kelayotgandi.

Foto: Jamshid Qo‘chqorov

Moliya vazirligi rahbarligiga esa bosh vazir o‘rinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksi rahbari Jamshid Qo‘chqorov kelgan.

Foto: Botir Xo‘jayev

Yangi iqtisodiyot vaziri Botir Asadillayevich Xo‘jayev 1956 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

Ma'lumoti oliy, 1979 yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tamomlagan. U 2006—2009 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri, 2009—2011 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, 2011 yil noyabrda Iqtisodiyot vazirining Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valyuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari. Botir Xo‘jayev 2016 yilning dekabrida Rustam Azimov o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri etib tayinlangandi.

Mavzuga oid