Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning 4 shahrida turizm sohasiga IIV ham jalb etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 23 noyabr kuni Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarida xavfsiz turizmni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi konsepsiyani tasdiqladi.
Xavfsiz turizmni ta'minlash uchun Ichki ishlar organlari faoliyati muvofiqlashtiriladi.
Ichki Ishlar vazirligining Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tuzilmalarida boshliqlari bir vaqtning o‘zida viloyat IIB boshliqlari o‘rinbosarlari hisoblanadigan xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalari tashkil etiladi. Qarorga muvofiq, Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalari tuzilmalarida xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalari tashkil etiladi. Boshqarmalarning shaxsiy tarkibi lavozimlari tanlov asosida yuqori malakali, birinchi navbatda, xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar bilan ta'minlanadi. Boshqarmalar xodimlari uchun ularning lavozim maoshining 10 foizi miqdorida har oylik ustama belgilanadi.
Boshqarmalarning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
bevosita sayyohlik namoyishi obektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil qilish;
xavfsiz turizmni ta'minlash sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini axborot-texnik qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida muvofiqlashtirilgan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qat'iy nazorat qilish;
sayyohlik namoyishi obektlari va infratuzilmasi hududlarida yuzaga keladigan tezkor va jinoiy holatlarni tizimli tahlil qilish, sayyohlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va sharoitlarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasida manzilli chora-tadbirlar ko‘rish.
Boshqarmalarning bevosita joylarda xavfsiz turizmni ta'minlash vazifalarini bajaradigan xodimlari «Elektron tarjimon» dasturiy ta'minoti va elektron axborot tizimlari ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beradigan shaxsiy planshet kompyuterlari bilan ta'minlanadi.
Mavzuga oid
12:02 / 18.06.2026
“Shovqin va changdan zada bo‘ldik” – portlatish ishlari turizm qishlog‘iga tinchlik bermayapti
11:00 / 12.06.2026
O‘zbekistonda har yili “Ochiq turizm mavsumi” dasturi o‘tkaziladi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
22:50 / 03.06.2026