Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqda 8-sinf o‘quvchisi to‘rt million so‘m pul o‘g‘irladi
Joriy yil 16 noyabr kuni Bo‘stonliq tumanida noma'lum shaxs uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, deraza romini buzish yo‘li bilan kirib, Z.M.ning uyi yotoqxonasidan to‘rt million yuz ming so‘m pul va umumiy narxi taxminan bir million besh yuz ming so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda jabrlanuvchi tuman IIBga ma'lum qilgan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Bo‘stonliq tumanida yashovchi 8-sinf o‘quvchisi, 2003 yilda tug‘ilgan S.O‘. sodir etganligi aniqlangan va o‘g‘rilikda gumon qilinayotgan voyaga yetmagan shaxs ushlangan.
Ayni vaqtda tergovni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani IIB olib bormoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026