Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘anning advokati Turkiya prezidentining oilasiga qarshi ayblovlarni rad etdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning advokati Ahmad O‘zel Respublika xalq partiyasi raisi Kamol Qilichdor o‘g‘lining Turkiya davlat rahbarining qarindoshlari xorijiy kompaniya hisobiga pul o‘tkazganliklaridan dalolat beruvchi hujjatlarga egalik qilishi haqidagi ta'kidlovlari haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. "Anadolu" agentligi shu haqida xabar berdi.
"Qilichdor o‘g‘li tomonidan Turkiya prezidentining qarindoshlariga nisbatan ilgari surilgan barcha ayblovlar butkul yolg‘on hisoblanadi, u o‘z partiyasining parlament fraksiyasida namoyish qilgan hujjatlar esa - soxta. Qilichdor o‘g‘li bu qog‘ozlarni darhol prokuraturaga topshirishi va sudga da'vo arizasini berishi kerak", - dedi O‘zel.
Advokat shuningdek Respublika xalq partiyasi raisi ushbu hujjatlar mazmunini ommaga oshkor qilishi kerakligini ta'kidladi.
"Bundan tashqari, janob Mustafo Gyundogan - ishbilarmon va u hech qachon prezident kantselyariyasi rahbari bo‘lmagan. Mening mijozlarim hech qachon boshqa mamlakatdagi kompaniya hisobiga mablag‘ o‘tkazishmagan. Takrorlayman: Qilichdor o‘g‘li darhol bu qog‘ozlarni OAV va prokuraturaga topshirib, da'vo arizasi berishi kerak. Yana bir bor ta'kidlab aytamizki, na Turkiya prezidenti va na uning oila a'zolari xorijdagi kompaniya hisobiga mablag‘ o‘tkazgan emas", - qo‘shimcha qildi O‘zel.
Ahmad O‘zel Turkiya prezidenti va uning qarindoshlarining advokatidir.
Mavzuga oid
11:08 / 19.10.2019
OAV AQSh va Turkiyaning Suriya bo‘yicha muzokaralaridagi bosh masalani e'lon qildi
15:18 / 17.10.2019
«Ahmoqlik qilmang!» - Trampning Erdo‘g‘anga yozgan ogohlantirish xati oshkor bo‘ldi
18:35 / 15.10.2019
Foto: Shavkat Mirziyoyev va Erdo‘g‘an Bokudagi norasmiy uchrashuvda
13:24 / 15.10.2019