Jahon | 18:52 / 29.11.2017
26249
3 daqiqa o‘qiladi

Moskvada o‘zbekistonlik ayol eri tufayli o‘zini yoqib yubordi

Foto: RIA "Novosti"

Moskvaning Yujnoye Butovo tumanida turmush o‘rtog‘i tomonidan tashlab ketilgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayol o‘zini yoqib yubordi. Bu u erkak boshqa ayolga uylanganini bilib qolganidan so‘ng yuz berdi. Jabrlanuvchi juda jiddiy kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga olib ketildi, uning ahvoli o‘ta og‘irligi aytilmoqda.

Rossiya OAVning xabar berishicha, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 32 yoshli Dilfuza ismli ayol Sirojiddin ismli erkak bilan O‘zbekistonda uchrasha boshlagan. Juftlik taxminan olti yil avval Moskvaga pul topish maqsadida ko‘chib o‘tgan. Sirojiddin qurilishda, Dilfuza esa gipermarketlardan birida ishlagan. Taxminan bir yil muqaddam ular janjallashib qoladi, hamda ayol yetti yoshli o‘g‘li bilan uyiga jo‘nab ketadi. Erkak esa oradan ikki oy o‘tib Podolsk shahridan bo‘lgan ko‘p bolali Natalya ismli ayolga uylangan. 

Dilfuza voqeadan bir oy o‘tib xabar topgan, hamda farzandi bilan Moskvaga qaytib keldi. Ayol turmush o‘rtog‘ini qidirib topgan hamda uni qaytarishga uringan. U hattoki uning yangi rafiqasi bilan uchrashadi.

Ular shunday qarorga kelishadi: Sirojiddin Zaxarinodagi xususiy uyni ta'mirlay boshlaydi, Dilfuza esa bolasi bilan bu uyda to erkak O‘zbekistonga ular uchun qaytish chiptasiga pul to‘plab bermagunicha yashaydi. 

Juftlikning tanishlari so‘zlariga ko‘ra, hammasi rejadagidek ketgan, biroq Dilfuza rashk qila boshlagan. U Sirojiddinning mashinasida benzin datchigi ishlamasligi hamda u o‘zi bilan besh litrli kanistrada yoqilg‘i olib yurishini bilgan. 25 noyabr kuni avtomobil ochiqligi, erkak esa ish bilan bandligidan foydalanib, u o‘ziga yoqilg‘i quygan va uni zajigalka bilan yoqqan. Sirojiddin hovlida olovni ko‘rib, o‘g‘liga ko‘chaga chiqishni taqiqladi va yonayotgan ayolni o‘chirishga urindi. Qo‘shnilar esa tibbiyot xodimlarini chaqirishgan hamda tez yordam mashinasi har ikkisini shifoxonaga olib ketdi. Erkakning qo‘li kuygan, biroq u kasalxonaga yotishdan bosh tortdi, ayol esa jonlantirish bo‘limiga yo‘naltirildi.

Jabrlanuvchi hayot va o‘lim orasida ekani hamda sun'iy nafas berish qurilmasiga ulab qo‘yilgani aytilmoqda. Uning tanasining 80 foiz qismi kuygan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid