Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu» g‘alaba qozondi, «Tottenhem» yutqazdi (turnir jadvali)
Angliya Premer-ligasining 14-turida «Manchester Yunayted» «Uotford» maydonidan g‘alaba bilan qaytdi — 4:2.
Mankunianlar jamoasi 19-daqiqada oldinga chiqdi — Eshli Yang hisobni ochdi. 25-daqiqada mehmonlar ikkinchi golni urishdi — Yang jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba yo‘lladi. 32-daqiqada Joze Mourino shogirdlari hisobni yirik ko‘rinishga keltirishdi — Antoni Marsiyal aniq harakat qildi. O‘yinning ikkinchi qismida maydon egalari o‘yinga intrigani qaytarishdi — 77-daqiqada Troy Dini penaltini aniq amalga oshirdi, 84-daqiqada Abdulayye Dukure hisobni qisqartirdi. Ammo ikki daqiqa o‘tib Jyessi Lingard yakuniy hisobni o‘rnatdi - 2:4.
Ayni vaqtda APLning ikkinchi pog‘onasida ketayotgan «MYu» (32) turnir jadvali yetakchisi «Manchester Siti»dan 5 ochkoga ortda qolmoqda. Jamoa 29 noyabr kuni o‘z uyida «Sauthempton» bilan o‘ynaydi.
«Lester Siti» «Tottenhem Hotspur» ustidan g‘alabaga erishdi. Lesterdagi «King Pauer» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Birinchi bo‘limda «Lester» yetakchilari Jyeymi Vardi va Riyoz Mahrez bittadan gol urishdi. Ikkinchi bo‘lim oxirida Harri Keyn bitta javob goli qaytardi, ammo bu «Tottenhem»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi. 13 oylik tanaffusdan buyon londonliklar safiga qaytgan Erik Lamela maydonga tushishidan 76 soniya o‘tiboq golli pas muallifi bo‘ldi.
«Tottenhem» o‘tgan turda «Vest Bromvich» bilan o‘yinda durang o‘ynagandi. Endi Pochettino shogirdlari 14 turdan keyin 24 ochko to‘plagan holda 5-o‘rinda joylashgan, «Lester» 17 ochkosi bilan 9-o‘ringa ko‘tarildi.
«Vest Bromvich Albion» «Nyukasl Yunayted» bilan durang o‘ynadi - 2:2. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda Hal Robson-Kanu «qorayaloqlar»ni oldinga boshladi, 56-daqiqada Sem Fild mezbonlarning ikkinchi golini urdi. Ammo «qarg‘alar» hisobni qisqartirishga erishishdi — 59-daqiqada Kiran Klark hisobni qisqartirdi, 83-daqiqada esa Jonni Evans avtogol muallifiga aylandi.
Bu durangdan keyin «Vest Bromvich» 12 ochko bilan 16-o‘rinda, «Nyukasl» esa 15 ochkosi bilan 12-o‘rinda joylashgan.
14-turning yana bir uchrashuvida «Brayton end Houv Albion» «Kristal Pelas» bilan durang o‘ynadi — 0:0.
Angliya premer-ligasi
14-tur
Uotford – Manchester Yunayted 2:4 (0:3, 2:1)
Gollar: 0:1 – 19 Yang, 0:2 – 25 Yang, 0:3 – 32 Marsyal, 1:3 – 77, penalti Dini, 2:3 – 84 Dukure, 2:4 – 86 Lingard.
Uotford – Gomes, Mariappa, Predl (Karrilo, 58), Kabasele, Femeniya, Dukure, Kleverli, Zegelar, Xyuz (Pereyra, 58), Grey (Dini, 72), Risharlison.
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Smolling, Roxo, Valensiya, Pogba, Matich (Errera, 54), Yang, Lingard (Ibragimovich, 88), Marsyal (Reshford, 65), Lukaku.
Ogohlantirishlar: Dukure (24), Roxo (38), Mariappa (41).
Vest Bromvich – Nyukasl 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 45 Robson-Kanu, 2:0 – 56 Fild, 2:1 – 59 Klark, 2:2 – 83, avtogol Evans.
Vest Bromvich – Foster, Nom, Xegazi, Evans, Gibbs (Makkleyn, 80), Fillips, Livermor, Berri (Yakob, 67), Fild (Kryxovyak, 84), Robson-Kanu, Rondon.
Nyukasl –Darlou, Yyedlin, Lejyen, Klark, Mbemba, Xeyden (Shelvi, 80), Merino, Ritchi, Peres, Merfi (Aarons, 64), Xoselu (Mitrovich, 73).
Lester – Tottenhem 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 13 Vardi, 2:0 – 45 Marez, 2:1 – 79 Keyn.
Lester – Shmeyxel, Simpson, Morgan, Maguayr, Chiluell, Marez (Grey, 77), Ndidi, Iborra, Olbrayton, Okadzaki (Chouduri, 83), Vardi (Slimani, 88).
Tottenhem – Loris, Dayyer, Sanches, Vertongen, Ore, Sissoko (Son Xin Min, 57), Dembele (Lorente, 69), Eriksen (Lamela, 77), Rouz, Keyn, Alli.
Ogohlantirishlar: Vertongen (20), Lamela (89), Shmeyxel (90).
Brayton – Kristal Pelas 0:0 (0:0, 0:0)
Brayton – Rayan, Saltor, Daffi, Dank, Zuttner, Knokert, Stivens, Propper, Iskerdo (March, 71), Gross (Braun, 82), Myurrey (Xemed, 85).
Kristal Pelas – Xennessi, Uord, Tomkins, Sako, Shlupp, Loftus-Chik, Kabay (Makartur, 66), Milivoyevich, Taunsend, Benteke, Zaa.
Ogohlantirishlar: Iskerdo (48), Dank (65).

Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
10:29 / 10.05.2026
«Siti» poygaga qaytdi. Kun o‘yinlari
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:48 / 14.04.2026