Jahon | 19:09 / 29.11.2017
22992
2 daqiqa o‘qiladi

Jeenbekov Putin bilan uchrashuvda 2010 yilgi voqealarni esladi

Foto: AKIpress

Vladimir Putin Qirg‘ziston prezidenti birinchi tashrifini Rossiyaga amalga oshirganidan xursand ekanini ma'lum qildi. Bugun Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekovning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

«Sizni Moskvada qabul qilganimdan juda mamnunman. Yana bir bor sizni tabriklamoqchiman. Siz tajribali insonsiz, hukumatni boshqargansiz. Sizning ishingiz tufayli Qirg‘iziston YeOIIga kirdi. Qirg‘izistondan Rossiyaga mahsulot yetkazib berish hajmi ikki barobarga oshdi, tovar aylanmasi 32 foizga ortdi», - dedi Vladimir Putin.

«Bu yaxshi ko‘rsatkichlar, ular, umid qilamanki, bundan keyin ham rivojlanib boradi. Siz birinchi tashrifni Rossiyaga amalga oshirganingizdan juda xursandman, hamda bizda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish imkoniyati bor», - deya aytib o‘tdi Rossiya Federatsiyasi prezidenti.

«Shunday bo‘lishi ham kerak. Birinchi tashrif aynan Rossiyaga amalga oshirilishi kerak edi. Men o‘z tomonimdan strategik sheriklik mustahkamlanishi uchun maksimum sa'y-harakatni amalga oshiraman. Rossiya va Qirg‘iziston 25 yil davomida ko‘p sinovlardan o‘tdi. Qirg‘izistonda ayniqsa 2010 yilda juda murakkab vaziyat yuz bergandi. Xalq va mamlakat rahbariyati tufayli biz tinchlik hamda barqarorlikni qaytarishga muvaffaq bo‘ldik. Bunda Rossiyaning ham xizmati bor. Xalq sizning yordamingiz va qo‘llab-quvvatlovingizni yuqori baholaydi. Biz bu yo‘nalishda qat'iy ishlaymiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Sooronbay Jeenbekov.

Shuningdek, Sooronbay Jeenbekov Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedev bilan ham uchrashdi. Medvedev Jeenbekovni prezident lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Uning ta'kidlashicha, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yangi darajaga chiqqan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid