Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston O‘zbekistonga elektr energiyasini 1 kVt.s uchun qanchadan eksport qilgan?
Qirg‘iziston Milliy energetik holdingi rahbari Oybek Kaliyev 29 noyabr kuni Tazabek nashri onlayn-konferensiyasida nima uchun O‘zbekistonga elektr energiyasini 1 kVt.s uchun 2 sentdan sotishganini aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga yozda elektr energiyasi Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari uchun 2,16 som (700 kV.s.lik limitdan oshgan aholi uchun) va 2,24 somlik (maishiy bo‘lmagan iste'molchilar uchun) tarifdan arzonroqqa eksport qilingan.
«Aslida ko‘pchilik shu savolni beradi. Biz o‘zimiz uchun shuni aniq tushunishimiz kerakki, yozgi vaqtda iste'molchilarning 96 foizi 700 kV.s.ga qadar sarflaydi, ya'ni asosiy massa – bu 1 million 200 ming abonent, ulardan 96 foizi elektr energiyasini 77 tiyindan ishlatadi hamda yozda elektr energiyasidan konditsionerlash yoki sun'iy hovuzlarga xizmat ko‘rsatish kabi maqsadlarda foydalanuvchilar 700 kV.s.lik chegaradan o‘tib ketadi. Hamda biz shuni tushunishimiz lozimki, yozgi 2 AQSh sentilik elektr energiyasi somda qariyb 1,4 ni tashkil etadi va bizda ichki bozorga qaraganda, eksportdan daromad ko‘p. Iqtisodiyotning o‘zi shunday.
Ikkinchisi – yana bir muhim jihat, bozor sharoitida ulgurji xaridor har doim arzonroq to‘laydi, ya'ni ular 1 milliard kVt.s.ni sotib olishdi hamda shuning uchun 2 sentdan sotildi», - deya aytib o‘tdi u.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026