O‘zbekiston | 10:43 / 30.11.2017
22424
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga qishda elektr energiyasi yetkazib beradi

Foto: Tazabek

Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan yozgi 1 milliard 140 million kVt.s elektr energiyasi eksportidan (bu iyun-oktabr) so‘ng qishda qo‘shimcha qariyb 550 million kVt.s elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy energetik holdingi boshqaruvi raisi Oybek Kaliyev Tazabek nashri onlayn-konferensiyasi davomida xabar berdi.

«Narx 2,4 sentni tashkil etadi. Bu bizning fikrcha, qo‘shimcha daromad, sababi eksport qilish imkoniyati bor... Joriy yilda To‘kto‘gul suv ombori oqimi 132 foizni tashkil etdi, kutilmagan oqim yuzaga keldi va hajmlar tarixiy maksimumga yetdi. Bugungi kunda, dekabr boshlanishidan avval, suv hajmi 18,8 milliard kubni tashkil etadi. Ayni damda elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha aniq kelishuvlar bor, oktabrda «O‘zbekenergo» bilan 4 oyga (dekabr-mart oylari) 550 million kVt.s yetkazib berish haqida shartnoma imzolandi», - deya xabar berdi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid