O‘zbekiston | 14:30 / 30.11.2017
16707
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Aybek Altinbekovich Tajyetdinov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi ma'lum qildi.

Tajyetdinov shu vaqtga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida faoliyat ko‘rsatib kelgan. 

Undan avval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashida axborot-tahlil boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid