Ijro yig‘imini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining qarori bilan Ijro yig‘imini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 maydagi PF-5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bosh prokuraturasi qaror qildi:
1. Ijro yig‘imini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligining 2010 yil 7 sentabrdagi 75, 14-son “Ijro yig‘imini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 2142, 2010 yil 21 sentabr) o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
Ijro yig‘imini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, mazkur Nizom davlat ijrochisi tomonidan undirilgan ijro yig‘imini qaytarishda qo‘llaniladi.
Ijro yig‘imining qaytarilishi lozim bo‘lgan summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Ijro yig‘imini qaytarishga majburiy ijro harakatini amalga oshirgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining yoki tegishli hududiy bo‘linmasining ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qarori asos bo‘lib hisoblanadi.
Ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
a) ijro yig‘imini qaytarishga quyidagi asoslar:
qarzdorning arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud qarori yoki boshqa organ qarorining yoxud qonun bo‘yicha ijro hujjati hisoblanadigan boshqa hujjatning bekor qilinishi;
qarzdor yoki undiruvchining arizasiga asosan, asos sifatida ijro hujjati berilgan sud hujjati yoki boshqa organ hujjatlarining o‘zgartirilishi, agar ushbu o‘zgartirish natijasida to‘langan ijro yig‘imi miqdorini qaytadan ko‘rib chiqish lozim bo‘lsa;
qarzdor yoki ijro yig‘imi undirilgan boshqa shaxsning arizasiga yoxud sud ijrochisining tashabbusiga asosan, ijro yig‘imi miqdorini noto‘g‘ri yoki ortiqcha o‘tkazilganligi;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
b) Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyeti hisobidan qoplanadigan ulushini alohida ko‘rsatgan holda, qaytarilishi lozim bo‘lgan jami mablag‘lar summasi:
v) ijro yig‘imini to‘lagan va ushbu ko‘rsatilgan mablag‘lar qaytarilayotgan shaxsning bank rekvizitlari.
Ijro yig‘imini qaytarish haqidagi ariza ushbu bandda ko‘rsatilgan holatlar yuzaga kelganidan keyin uch yildan kechiktirmasdan beriladi.
Undirilgan ijro yig‘imi summalarini O‘zbekiston Respublikasining tegishli tijorat bankida ochilgan maxsus tranzit hisob raqamiga va mazkur hisob raqamdan O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjyeti daromadiga va Jamg‘armaga o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda, ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab ikki kun muddatdan kechiktirilmagan holda ijro yig‘imini to‘lagan shaxsga qaytarish uchun Jamg‘armaga yuboriladi.
Ijro yig‘imining qaytarilishi Jamg‘arma tomonidan ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qaror olingan kundan boshlab besh bank ish kuni mobaynida Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyeti mablag‘lari hisobidan qaytarilishi lozim bo‘lgan ijro yig‘imi ulushini Jamg‘armaga qoplab berilishi bilan amalga oshiriladi.
Ijro yig‘imining O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyeti mablag‘lari hisobidan qaytarilishi lozim bo‘lgan tegishli ulushini Jamg‘armaning hisob raqamiga qoplab berish uchun, Jamg‘arma jami qaytarilishi lozim bo‘lgan ijro yig‘imi summasini qaytargandan so‘ng majburiy ijro harakatlarini amalga oshirgan Byuroning hududiy bo‘linmalari joylashgan joydagi tegishli tuman (shahar) davlat soliq xizmati organiga (bundan keyingi o‘rinlarda davlat soliq xizmati organi deb yuritiladi) ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qaror nusxasiga Jamg‘armaning bank rekvizitlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni va quyidagilarni:
O‘zbekiston Respublikasining tegishli tijorat bankida ochilgan maxsus tranzit hisob raqamiga undirilgan va mazkur hisob raqamdan O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyeti daromadiga ijro yig‘imi o‘tkazilganligi;
ijro yig‘imini to‘lagan shaxsga undirilgan mablag‘ning qaytarilganligi faktini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan holda yuboradi.
Davlat soliq xizmati organi Jamg‘armadan ijro yig‘imini qaytarish to‘g‘risidagi qaror nusxasini ilovalari bilan olgan kundan boshlab besh bank ish kuni mobaynida tegishli moliya organiga undirilgan ijro yig‘imining tegishli ulushi O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyetiga kelib tushganligini tasdiqlovchi xulosani, kelib tushishi, haqiqatda kelib tushgan va qaytarilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni ko‘rsatgan holda va Jamg‘armadan olingan hujjatlarning nusxalarini ilova qilgan xolda yuboradi, bunda xulosaning nusxasi Jamg‘armaga yuboriladi. Agarda undirilgan ijro yig‘imining tegishli ulushi O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyeti daromadiga haqiqatda kelib tushganligi tasdiqlanmagan holatda, davlat soliq xizmati organining tegishli xulosasi Jamg‘armaga yuboriladi.
Tegishli moliya organi davlat soliq xizmati organining undirilgan ijro yig‘imi ulushining O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyeti daromadiga haqiqatda tushganligini tasdiqlovchi xulosasiga asosan, xulosa olingandan so‘ng ikki bank ish kunidan kechikmagan holda o‘rnatilgan tartibda tegishli mablag‘larni Jamg‘armaning hisob raqamiga qoplab beradi.
Mablag‘larni qoplab berish, O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjyetiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyetiga va mahalliy byudjyetlarga ajratmalar amalga oshirilgunga kadar daromadlarning tegishli turlari bo‘yicha tegishli shartli hisob raqamlar (ShHR) bilan 23402-son balans hisobvarag‘idan byudjyetga joriy har kunlik tushumlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Mavzuga oid
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
12:10 / 20.10.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin va oltin narxi keskin qimmatlashdi - xalqaro moliya bozori sharhi
20:06 / 18.10.2024