Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni qo‘shinlari Yamandan otilgan raketani urib tushirishdi
Saudiya Arabistoni havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari 30 noyabrda Yaman hududidan otilgan ballistik raketani baratarf etishdi. Raketa mamlakat janubidagi Asir ma'muriy okrugidagi Xamis-Mushayt shahri yaqinida urib tushirildi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Bu bir oy ichida Yamandan Saudiya Arabistoni tomon otilgan ikkinchi raketa bo‘ldi. 4 noyabrda husiylar Ar-Riyoddan 35 km uzoqlikdagi Qirol Xolid aeroporti tomon “Burkan-2” raketasini uchirishgandi. Saudiya Arabistoni havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari bu raketani ham urib tushirishga muvaffaq bo‘lishgandi.
Bunga javoban Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya aviatsiyasi husiylarning Sanodagi pozitsiyalariga bir qator zarbalar bergan. Saudiya Arabistonining fikricha, raketalar husiylarga Eron tomondan yetkazilgan.
Shu sabab 6 noyabrda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya Yamanga nisbatan blokada kiritgan: mamlakatning quruqlikdagi, dengizdagi portlari va aeroportlari yopib qo‘yilgan.
BMT Yamanning qamal qilinishi millionlab odamlarning och qolishi va o‘limiga olib kelishidan ogohlantirgan.
Arab davlatlari ligasi ma'lumotlariga ko‘ra, Yamandagi ixtilof davom etayotgan 2014 yildan beri Yamandan Saudiya Arabistoni tomon 78 ta ballistik raketa otilgan.
Mavzuga oid
11:42 / 23.02.2026
Arab davlatlari AQSh elchisining Isroil chegaralari haqidagi so‘zlarini tanqid qildi
17:57 / 20.02.2026
Saudiya Arabistoni Haj mavsumi boshlanishidan oldin Umra ziyoratini vaqtincha to‘xtatadi
22:53 / 27.01.2026
Saudiya Arabistoni ulkan Mukaab kubi loyihasini muzlatib qo‘ydi – OAV
14:20 / 24.01.2026