Jahon | 21:02 / 01.12.2017
7417
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada MRBning sobiq xodimi hibsga olinishiga order berildi

Foto: Getty Images

Turkiyada muxolifatchi Fathulla Gulenning terrorchilik oqimi faoliyati va 2016 yil 15 iyuldagi davlat to‘ntaruviga urinish voqealarining tergovi doirasida markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Graxam Ye.Fyullerning hibsga olinishiga order berildi.

Foto: Anadolu

Istanbul prokuraturasining terrorchilik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish byurosi ko‘rib chiqayotgan ish doirasida Usmon Kavala, 2016 yil iyulda Büyükada Splendid Hotel mehmonxonasidagi yig‘ilishda ishtirok etgan va to‘ntaruvga urinish tashkilotchilaridan biri bo‘lgan Genri J.Berki, AQShning Istanbuldagi bosh konsulligi xodimi Metin Topuz va Respublika xalq partiyasi deputati Aykan Erdemir ham javob bermoqdalar.

Graxam Ye.Fyuller konstitutsion tartibbuzarlikda, Turkiya hukumatini ag‘darishga urinishda, maxfiy davlat sirini harbiy yoki siyosiy josuslik maqsadida oshkor qilishda ayblanmoqda.

Fyullerning hibsga olinishiga order Istanbul sudi tomondan berilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid