Jahon | 19:10 / 01.12.2017
4543
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada YeI va NATOga kirish masalasida referendumlar o‘tkaziladi

Mixail Palinchak/RIA Novosti

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko ma'lum qildiki, «yaqin muddatda» mamlakatning Yevropa Ittifoqi va NATOga a'zo bo‘lib kirishi bo‘yicha referendumlar o‘tkaziladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.

«Bugun o‘tmishdagi vaziyat yomon bo‘lganini aytish uchun to‘la asos bor. Biz yevroatlantik rivojlanish yo‘lini tanlaymiz. Yaqin kelajakda Ukrainada NATOga kirish, shuningdek, Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lish bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga shubha qilmayman», — degan Poroshenko.

U shuningdek Ukraina xalqini mamlakat mustaqilligi bo‘yicha referendumga 26 yil to‘lgani munosabati bilan tabriklagan.

Bundan avvalroq Poroshenko Ukraina razvedkasini NATO standartlariga o‘tkazishga topshiriq bergani haqida xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid