Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrning sobiq bosh vaziri BAAdan deportatsiya qilindi
Birlashgan Arab amirliklari (BAA) hukumati Misrning sobiq bosh vaziri Ahmad Shafiqni ushlab, uni Misrga deportatsiya qildi. Bu haqda Shafiqning advokatiga iqtibos keltirgan holda Al Masry Al Youm nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, sobiq bosh vazir yurtiga xususiy samolyotda jo‘natilgan. Buning sabablari ma'lum qilinmagan.
Avvalroq Shafiq BAAda bo‘la turib, 2018 yilda Misr prezidenti lavozimiga saylovlarda ishtirok etmoqchiligini e'lon qilgandi.
Biroq bir necha kun o‘tib Shafiq BAA hukumati uni mamlakatdan chiqarmayotganini ma'lum qilgan. Abu-Dabi bu ayblovlarni rad etgan va Shafiq “istagan joyiga sayohat qila olishi mumkinligini” aytgan.
Mavzuga oid
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026
BAA bilan “Sifatli davlat boshqaruvi” dasturi yo‘lga qo‘yiladi
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
17:39 / 22.05.2026