11:55 / 02.12.2017
14479

“Tozalash-Antiterror”. Toshkentda “Xonda” haydovchisi marixuana bilan ushlandi

2017 yilning 29 noyabr kuni soat 07:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Uchtepa tumanida joylashgan “Nazarbek” YPH maskanida o‘tkazilgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida, fuqaro 1992 yilda tug‘ilgan A.A.ga tegishli bo‘lgan “Xonda akkord” rusumli avtomashinasi to‘xtatilgan. Mazkur avtomashina tekshirilgan vaqtda, sotish maqsadida saqlab kelinayotgan og‘irligi 39,41 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini aniqlab olingan. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Guvd.uz

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

DSVFDGH
Foto: Guvd.uz

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

 

Top