Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berahm ota qorga yiqilgan farzandini tepkiladi (video)
Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bir erkak qishki havoda ko‘chada yotgan kichik bolani tepgani videosi Telegram’dagi OMKS kanalida joylashtirildi.
“Mana ko‘chada qor yog‘moqda, bu erkak esa bolakay bunday sovuqda yerda yotganiga bamaylixotir qarab turibdi. Buni normal holat deb atash mumkinmi?”, deb so‘ramoqda rolik ortidagi muallif.
Erkak qor ustiga yiqilib tushgan bola tepasida qarab turadi va unga nimalardir deydi. Shundan keyin chamasi 2-3 yoshlar atrofidagi bolakay o‘rnidan turishga harakat qiladi, lekin buning uddasidan chiqa olmay, yana qorga yiqiladi. Shunda erkak bolaning beliga qarab qattiq tepadi. Zarbadan bola nariroqqa uchib tushadi. Keyin erkak bolani qo‘lidan siltalab turg‘azib, uni tortqilagancha nariga olib ketadi. Erkak bolani bunday tarzda xo‘rlagandan keyin, yana o‘zicha unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib qorga belangan kiyimlarini qoqib qo‘yadi. Videoni olayotgan odam “bunday ota-onalarni nafaqat jazolash kerakligini” aytadi.
Videoda qayd qilingan holat ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Facebook foydalanuvchilari erkakning bu harakatlarini qoralab, uni topib, shafqatsiz munosabat uchun jazolash kerakligini aytishgan.
K-News’ning ma'lum qilishicha, erkak militsiya xodimlari tomondan topilgan. Aniqlanishicha, u bolaning o‘z otasi bo‘lgan. Erkak ushlanib, unga nisbatan “Bezorilik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:08 / 09.06.2026
Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etdi
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
15:26 / 05.05.2026
“Hojatxona izlab, transformatorga kirib qolgan” – Mingbuloqda tok urgan bola qo‘llaridan ayrildi
09:12 / 20.04.2026