Sport | 19:00 / 03.12.2017
15698
2 daqiqa o‘qiladi

Darvozabonning oxirgi daqiqadagi goli. «Benevento» ilk ochkosini «Milan»dan oldi

«Milan» Italiya A Seriyasining 15-turida «Benevento»ga qarshi o‘ynadi. Beneventodagi «Chiro Vigorito» stadionida kechgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. Rossonerilar Jyennaro Gattuzo murabbiyligidagi ilk uchrashuvda ham muvaffaqiyatga erisha olishmadi.

Birinchi bo‘lim oxirida Jakomo Bonaventura milanliklarni oldinga boshlagandi, ammo 50-daqiqada George Pushkash hisobni tenglashtirdi. Tez orada Nikola Kalinich mehmonlarning ikkinchi golini urdi. 75-daqiqada Alessio Romanoli chetlatilishi tufayli mehmonlar bir kishi kam bo‘lib qolishdi, 95-daqiqada esa mezbonlar futbolchilar sonidagi ustunlikdan foydalanishdi, jamoa darvozaboni Alberto Brinoli jarima zarbasi belgilangan vaqtda raqib jarima maydoniga kirib keldi qutqaruvchi golni urdi.

Bu gol beneventinoliklarga mavsumdagi birinchi ochkoni keltirdi.

Endi «Milan» 21 ochko bilan A Seriyada yettinchi o‘rinda. «Benevento» 14 mag‘lubiyatdan keyin ilk ochkosini qo‘lga kiritgan va Italiya divizionidagi ilk mavsumda autsayder jamoa bo‘lib turibdi.

Italiya chempionati
15-tur

Benevento – Milan 2:2
(0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 38 Bonaventura, 1:1 – 50 Pushkash, 1:2 – 57 Kalinich, 2:2 – 90 Brinoli.
Benevento – Brinoli, Letitsia, Gimsiti, Kosta, Di Kyara (Gyamfi, 79), Chibsa, Paridjini (Brinola, 67), Memushay (Koda, 80), Kataldi, D'Alessandro, Pushkash.
Milan – Donnarumma, Musakko, Bonuchchi, Romanoli, Borini (Abate, 60), Kessie, Montolivo (Bigliya, 73), Rodriges, Suso (Sapata, 87), Bonaventura, Kalinich.
Ogohlantirishlar: Romanoli (24), Kataldi (29), Di Kyara (54), Rodriges (71), Kessie (89), Abate (90), D'Alessandro (90).
Chetlatish: Romanoli (75).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid