Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyundai'ning gigant batareyasi Tesla rekordini ortda qoldiradi
Dunyodagi eng kuchli litiy-ion batareyasi Avstraliyada joylashgan - uni Tesla Motors kompaniyasi atigi 100 kunda o‘rnatgan. Biroq tez orada uning yanada kuchli raqibi paydo bo‘lishi mumkin - Hyundai Electric & Energy Systems kompaniyasi shu ustida ishlamoqda.
Kompaniya 150 MVt'li batareyani ishlab chiqarmoqda, bu Tesla'ning Avstraliyadagi batareyasidan ikki karra kuchliroq degani. Ulkan batareya Janubiy Koreyada o‘rnatiladi, kompaniya vakillariga ko‘ra, bu tez orada, taxminan 3 oydan keyin amalga oshadi.
Bunday saqlash obektlariga bo‘lgan talab saqlanib qolishda davom etadi, - deb yozadi Bloomberg, - uskunalar narxi pasaymoqda, aholi soni esa, uning talablariga muvofiq to‘xtovsiz oshib bormoqda.
Zaxirada 2-3 litiy-ion saqlash obektiga ega bo‘lib, u butun bir mintaqa, ba'zan esa kichik mamlakatlarni nosozliklardan ishonchli himoyalashi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, tizimga yangi modullar, turbina yo quyosh panellarini qo‘shib, sig‘imni doim kattalashtirish mumkin.
Tesla yetarlicha tez ravishda katta akkumulyatorlarni ishlab chiqarish mumkin ekanini ko‘rsatdi, to‘xtovsiz pasayayotgan xomashyo narxlari va barqaror hamda ishonchli energiya manbalariga o‘sib borayotgan talab shunga o‘xshash qurilmalarni qurish zaruratiga ishora qiladi. Zero bunday saqlash obektlari quyoshli yoki shamol fermalari bilan ishlab, jiddiy nosozliklar yuzaga kelgan holatda elektr energiya zahirasi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Avstraliya joriy yilning fevralida jiddiy zarar ko‘rdi. O‘shanda Adelaidada yuz mingga yaqin uy xo‘jaliklari elektr energiyasisiz qolgan, bu hukumatni Ilon Mask taklif qilgan zahira varianti borasida o‘ylab ko‘rish imkonini berdi. Hujjatlarni imzolash va tenderni o‘tkazishga bir necha oy ketdi, lekin Tesla atigi 100 kun ichida energiya saqlovchi ishchi batareyani ishlab chiqarishga ulgurdi.
Mavzuga oid
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
08:10 / 09.04.2026