Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Inter» turnir jadvalida peshqadamga aylandi
Italiya chempionatining 15-turida «Inter» «Kevo»ni qabul qildi. «San-Siro»da kechgan uchrashuv maydon egalarining 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlar safida Ivan Perishich het-trikka erishdi, Mauro Ikardi va Milan Shkrinyar ham bittadan gol urishdi.
Shu tariqa, «Inter» Italiya chempionatining joriy mavsumidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi (12 g‘alaba va 3 durang). Bu natija evaziga milanliklar klubi ochkolari sonini 39taga yetkazdi va «Napoli» (38) hamda «Yuventus»ni (37) quvib o‘tib, turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqdi.
Turning boshqa uchrashuvlarida «Fiorentina» «Sassuolo»ni yengdi (3:0), «Bolonya» «Kalyari» bilan durang o‘ynadi (1:1).
Italiya chempionati
15-tur
Inter – Kevo 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 23 Perishich, 2:0 – 38 Ikardi, 3:0 – 57 Perishich, 4:0 – 60 Shkrinyar, 5:0 – 90 Perishich.
Inter – Xandanovich, Shkrinyar, Santon, D`Ambrozio (Dalbert, 77), Ranokkiya, Joau Mariu, Valero, Brozovich, Kandreva (Karamo, 85), Perishich, Ikardi (Eder, 75).
Kevo – Sorrentino, Daynelli, Gobbi (Yaroshinski, 87), Kachchatore, Gamberini, Birsa, Rigoni (Tomovich, 64), Basten, Depaoli, Medjorini (Garritano, 69), Ingleze.
Ogohlantirish: Ranokkiya (56).
Fiorentina – Sassuolo 3:0 (2:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 32 Simeone, 2:0 – 42 Veretu, 3:0 – 71 Keza.
Fiorentina – Sportello, Petstselya, Biragi, Lorini (Vitor Ugo, 75), Astori, Benassi, Badel, Veretu, Keza, Tereo (El-Babakar, 75), Simeone (Saponara, 86).
Sassuolo – Konsili, Kannavaro, Acherbi, Peluzo, Goldaniga, Berardi (Falchinelli, 62), Manyanelli, Politano (Raguza, 79), Missiroli, Gatstsola (Lirola, 65), Matri.
Ogohlantirishlar: Benassi (39), Berardi (56), Manyanelli (72), Kannavaro (80).
Bolonya – Kalyari 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 42 Joao Pedro, 1:1 – 81 Destro.
Bolonya – Mirante, De Meo, Masina, Mbayye, Mayyetta, Donsa, Pulgar, Poli (Okvonkvo, 78), Verdi, Palasio, Destro (Petkovich, 90).
Kalyari – Bittenkur, Pizakane (Kapuano, 84), Romanya, Cheppitelli, Padoin, Ionitse, Farago, Joao Pedro (Dessena, 72), Barella (Deyola, 90), Chigarini, Pavoletti.
Ogohlantirishlar: Destro (29), De Meo (44), Cheppitelli (47), Barella (57), Palasio (62), Mayyetta (65), Poli (67), Mirante (85).
Mavzuga oid
13:31 / 04.05.2026
«Inter» – chempion, «Real» «Barsa»ga toj kiydirishni kechiktirdi. Kun o‘yinlari
11:16 / 25.02.2026
«Budyo-Glimt» ertagi davom etadi. YeChL kashfiyotini yoqtirib qolish uchun 5 sabab
13:39 / 15.02.2026
«Real»da yirik g‘alaba, Italiya derbisida hakamlik mojarosi. Kun o‘yinlari
14:09 / 09.02.2026