Sport | 10:40 / 03.12.2017
27989
2 daqiqa o‘qiladi

Mourino «Arsenal» futbolchilarini mazax qildi

Foto: BBC Sports

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino «Arsenal»ga qarshi kechgan va 3:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan uchrashuvdan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Jamoam kurashganida menga bu juda yoqadi. «Arsenal» damba-dam ajoyib o‘yin ko‘rsatib turdi va ularning hujumlari bizga qattiq qiyinchiliklar tug‘dirdi. Ammo aytishim kerakki, mening futbolchilarim g‘alabaga va maqtovga sazovor bo‘lishdi. Bu haqli 3 ochko.

Bizning rejamiz raqib to‘pga egalik qilganida, to‘liq jamoa bo‘lib, hujumchilar bilan birga himoyalanish edi. To‘pga ega bo‘lganimizda esa biz tezda qarshi hujumga o‘tishimiz kerak edi va bu o‘xshadi. «Arsenal»da ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, ammo biz mardonavor kurashdik. Qolaversa, bizda buyuk darvozabon bor.

O‘yindan keyin men De Xeaga dunyo dunyo bo‘lib bunday darvozabonni ko‘rmaganini aytdim. U bizni qutqardi va jamoadoshlarining kayfiyati a'lo bo‘lishini ta'minladi.

Pogbaning chetlatilishimi? Bilmadim. Bu vaziyatni o‘zlaring muhokama qilaveringlar. Koselnining Lukakuga qilgan qo‘polligini muhokama qilishni ham sizlarga qoldiraman, shuningdek, «Arsenal» futbolchilarining gazonga sho‘ng‘ishlarini ham. Gazon ajoyib edi, balki ular shuning uchun hadeb yiqilaverishgandir», – deya Mourinoning so‘zlarini keltirgan BBC.

O‘yinda Andre Marriner bosh hakam bo‘lib ishlagandi.

Mavzuga oid