Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Puchdemon Kataloniyada referendumning ikkinchi turi o‘tkazilishini ma'lum qildi
Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puchdemon 21 dekabr kuni parlamentda muxtoriyat mustaqilligi bo‘yicha referendumning ikkinchi turi o‘tkazilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda El Pais xabar tarqatdi.
«Biz davlatimizni, davrni o‘zgartirishimiz kerak. Bu davlat hamon XX yoki XIX asrda yashamoqda, uni XXI asrga moslashimiz kerak», — degan Puchdemon o‘z murojaatida.
Bunda avvalroq Puchdemon Belgiyadagi boshpanasidan turib saylovoldi kampaniyasi boshlagani haqida xabar berilgandi.
1 oktabr kuni o‘tkazilgan Kataloniya mustaqilligi bo‘yicha referendumdan keyin Puchdemon Belgiyaga qochib ketishga majbur bo‘ldi. Ispan sudi Puchdemonni hibsga olishga order bergan, u Yevropada qidiruvga berilgan, ammo Belgiya hukumati ushbu siyosatchi va 4 hamrohini ozodlikda qoldirishga qaror qildi. Ayni vaqtda Puchdemon Bryuggeda vaqtincha qarorgohda yashamoqda.
Mavzuga oid
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026
Qozog‘istonda konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi
12:43 / 13.02.2026