Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018 yilgi jahon chempionatini Rossiyasiz o‘tkazish taklif qilindi
FIFA Rossiya futbolidagi dopingni tergov qilishni boshlashi va Rossiya terma jamoasini 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishdan chetlatishdan qo‘rqmasligi kerak. Bunday fikrni Milliy aksildoping agentliklari instituti rahbari Jozef de Pense bildirdi.
“FIFA bu vaziyatni zudlik bilan tergov qilishi kerak. Yo‘qsa Rossiyada 2018 yilgi jahon chempionati bilan katta muammo yuzaga keladi. FIFAda vaziyatning mohiyatiga tezroq yetib borish uchun stimul bor”, deb aytdi de Pense va jahon chempionatini Rossiya terma jamoasiz o‘tkazishni taklif qildi.
“Istalgan xalqaro musobaqa biror-bir davlatsiz davom etishi mumkin. Shunday ekan, nima uchun mundialni Rossiyasiz o‘tkazib bo‘lmaydi? Tan olaman, amalda buni tasavvur qilish qiyin, biroq nega urinib ko‘rmaslik kerak?”, deb aytgan de Pense.
26 noyabrda Butunjahon aksildoping agentligi informatori Grigoriy Rodchenkovning advokati Jim Uolden Rodchenkov rossiyalik futbolchilarning davlat doping-dasturiga aloqadorliklarini isbotlashga tayyorligini ma'lum qilgan. Uoldenning aytishicha, FIFA vakillari bu masalada Rodchenkovga istalgan vaqt murojaat qilishlari mumkin, biroq hozircha ular bunga botina olmayaptilar.
Ayni vaqtda FIFA rossiyalik futbolchilarga qarshi biror-bir shubhali narsa topmagan.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026