Jahon | 14:13 / 04.12.2017
6843
2 daqiqa o‘qiladi

«Qozog‘istondan qirg‘izlar ommaviy deportatsiya qilinmadi». Qirg‘iziston TIV bayonot berdi

Foto: AKIpress

Davlat chegaralarini qo‘riqlash kuchaytirilganidan so‘ng Qozog‘iston tomonidan qirg‘izistonliklarni ommaviy qo‘lga olish yuz bermadi. Bu haqda Qirg‘iziston TIVning Konsullik xizmati departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Almaz Imang‘aziyev 4 dekabr kuni tashkil etilgan brifingda ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Ostonadagi elchixonasi va Olmaotadagi bosh konsulligi davlat chegaralarini qo‘riqlash kuchaytirilganidan beri Qozog‘istonda qirg‘izistonliklarni siquvga olish holatlari bo‘yicha vaziyatni har kuni, doimiy ravishda baholab bormoqda.  

«O‘sha paytdan beri qandaydir ommaviy qo‘lga olishlar, hibslar, deportatsiya holatlari kuzatilmayapti», - deya aytib o‘tdi u.

A.Imang‘aziyevning qo‘shimcha qilishicha, Qozog‘iston hududida rejali reydlar o‘tkazilayotgan bo‘lib, ular Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va MDH doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

«Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan migratsiya qonunchiligining 785 ta buzilishi aniqlandi, bu butun Qozog‘iston hududida qayd etilgan. Hamda, afsuski, bu fuqarolardan 242 nafari chiqarib yuborildi. Ular majburan chiqarib yuborilgani, yoki olib chiqib ketilgani haqida gap ketayotgani yo‘q. Ularning qo‘llariga deportatsiya haqidagi bayonnomalar berilgan va ular bunga sud tartibida shikoyat berishlari mumkin edi. Insonda protest bildirish uchun imkoniyat har doim bo‘ladi. Hattoki hozir ham ularda qandaydir asoslangan izohlar bo‘lsa, ular Konsullik xizmati departamentiga kelishlari mumkin va biz bu masalani ko‘rib chiqishga harakat qilamiz», - deya aytib o‘tdi u.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid