Jahon | 10:39 / 04.12.2017
39290
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaotadagi YTH ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi (foto, video)

Foto: Zakon.kz

Olmaota shahridagi al-Forobiy shohko‘chasida 3 dekabr kuni kechqurun yo‘l-transport hodisasidan so‘ng mojaro ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi, deb xabar bermoqda Zakon.kz.

EsentaiMall ro‘parasidagi avtoturargohda ikkita avtomobil to‘qnashib ketgan. ToyotaCamry 10 avtomashinasi avtoturargohdan chiqib ketayotgan bo‘lgan. Shu paytda unga LexusLX 570 kelib uriladi. Camry zarba tufayli turargohda turgan Mercedes’ga kelib tekkan.

Keyinchalik voqea joyiga yetib kelgan YTH ishtirokchilarining qarindoshlari xabar berishicha, Lexus’da taxminan 10 nafar yoshlar o‘tirgan. Lexus’dagi qizlardan birining tan olishicha, ularni barchasi, jumladan haydovchi ham spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lgan.

Foto: Zakon.kz
Foto: Zakon.kz

YTH ishtirokchilari avvaliga so‘z jangiga kirishishgan. Keyinchalik mojaro ommaviy mushtlashuvga aylanib ketdi. Jabrlanganlarning aniq soni hozircha noma'lum. Politsiyaning 7-8 ta ekipaji va bir necha tez tibbiy yordam mashinasi yetib kelgan.

Mojaroda ishtirok etgan aksariyat shaxslarni shifoxonaga olib ketishgan: ularning bir qismi avariya tufayli jabrlangan bo‘lsa (Camry yo‘lovchisining oyog‘i ham singan), boshqa bir qismi mushtlashuv vaqtida jarohatlangan.

Foto: Zakon.kz
Foto: Zakon.kz

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid